Qo‘shma Shtatlarning Eron janubiga bergan tungi zarbalaridan so‘ng, Tehron Vashingtonning Yaqin Sharqdagi keyingi xatti-harakatlari neft narxining bir barreli uchun 200 dollargacha keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
Bu haqda Eron Qurolli kuchlarining "Hatam al-Anbiya" markaziy tezkor shtabi rasmiy vakili Ibrohim Zulfaqariy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
"AQSh hukumati kuch tilinigina tushunishini bir necha bor isbotladi. Neft narxi bir barrel uchun 200 dollar bo‘lishiga tayyor turing", — deb yozdi u.
Zulfaqariyning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi "harbiy sarguzashtlari" davom etishi tomonlar o‘rtasidagi har qanday muzokara yoki kelishuvni imkonsiz qiladi.