Bugun 2 fevral, 2023 yil, payshanba

КИР

"Real" bu poygada "MYu" va "Yuventus"ni ortda qoldirmoqda

"Real" bu poygada "MYu" va "Yuventus"ni ortda qoldirmoqda

Madridning “Real” klubi Leverkuzenning “Bayer” klubi himoyachisi Jeremi Frimpongga qiziqish bildirmoqda. 22 yoshli futbolchining transferi uchun kurashda ispan klubi yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Defence Central xabar bermoqda.

Frimpong "Manchester Siti" akademiyasining bitiruvchisi bo‘lib, u yerda to‘qqiz yilni o‘tkazgan. 2019 yil sentyabrida u “Seltik”ga sotildi, 2021 yil yanvarida esa “Bayer”ga o‘tdi. Umuman olganda, niderlandiyalik futbolchi Germaniya jamoasi tarkibida 68 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilda yakuniga yetadi.

Oldinroq Jeremi Frimpongni "Yuventus" va "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Frimpong hozirda Niderlandiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etmoqda, biroq u hozircha birorta bahsda maydonga tushmadi.

Kiritildi: 10:06 04.12.2022. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!