Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" Anchelottining xayrlashuvi va Xabi Alonsoning tanishtiruv marosimini 1 kunda qilmoqchi

"Real" Anchelottining xayrlashuvi va Xabi Alonsoning tanishtiruv marosimini 1 kunda qilmoqchi

"Real" bosh murabbiy o‘zgarishi, shuningdek, jamoaga yangi futbolchilar olib kelinishi bilan bog‘liq tadbirlarni rejalashtirmoqda. Agar hammasi yaxshi bo‘lib, sharoit imkon bersa, madridliklar bir kunda Karlo Anchelotti bilan xayrlashishni, keyinroq esa Xabi Alonsoni tanishtirishni istashadi. Bu haqda jurnalist Melchor Ruis xabar bermoqda.

Bundan tashqari, "Real" shu kuni bir nechta yangi futbolchilar - Trent Aleksandr-Arnold, Din Xyoysen va yangi chap qanot himoyachisini tanishtirishni istamoqda.

Yangi yarim himoyachiga kelsak, u keyinroq sotib olinishi mumkin.

"Real" navbatdagi o‘yinda 18 may, yakshanba kuni "Sevilya" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 13:53 16.05.2025. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!