"Real" Karlo Anchelotti bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda.
Madridliklar bosh murabbiyi joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi va Braziliya terma jamoasini qabul qilib oladi.
AS nashrining xabar berishicha, klub 24 may kuni bo‘lib o‘tadigan La Liganing 38-turidan o‘rin olgan "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yindan so‘ng italiyalik mutaxassis sharafiga munosib marosim uyushtirmoqchi. Unda Anchelotti "Real" boshqaruvida qo‘lga kiritgan barcha 15 sovrinni namoyish etish rejalashtirilgan.
Grada Fans muxlislar uyushmasi ham murabbiy bilan "ruhiy va hissiy xayrlashish"ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.