Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" 90 million yevroga himoyachi sotib olmoqchi

"Real" 90 million yevroga himoyachi sotib olmoqchi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres yozgi transfer oynasida "Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba bilan shartnoma imzolashga qaror qildi.

Caughtoffside nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" prezidenti 24 yoshli fransuzni Madridga olib kelish uchun "kanonirlar"ga 85 million funt sterling (90 million yevrodan ko‘p) taklif qiladi.

O‘z navbatida "Arsenal" himoya markazi yetakchisi bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamoqda.

Saliba bu mavsumda jami 42 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 18:50 10.04.2025. O'qildi: 1142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!