"Real" "Bornmut"dan himoyachi Din Xyoysen transferini yopmoqda. Ayni paytda 20 yoshli futbolchi 5 yillik shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabrisio Romano yozdi.
Xeysen uchun "Real" "Bornmut"ga 50 million funt (deyarli 60 million yevro) to‘laydi. Madrid klubida Dinni ajoyib iste’dod deb bilishadi va "Real"ning bo‘lajak murabbiyi Xabi Alonso futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.
Tez orada Din Xeysen "Real" bilan mehnat shartnomasini imzolaydi. Himoyachi "qaymoqranglilar" safida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.