Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" 14 yoshli Krishtianu Ronalduni kuzatib bormoqda

"Real" 14 yoshli Krishtianu Ronalduni kuzatib bormoqda

Portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li bo‘lgan 14 yoshli kichik Krishtianu Ronaldu "Real"ning qiziqishlar doirasiga kiradi. "Qirollik klubi" skautlari yosh futbolchining o‘yinlarini kuzatib bormoqda, deb xabar beradi Defensa Central.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres kichik Krishtianuning o‘sishini kuzatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Ayni damda yosh futbolchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yoshlari safida to‘p tepmoqda.

Avvalroq, kichik Ronalduga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 14:50 18.05.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!