Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Parij-2024 Olimpiadasi g‘olibi Razambek Jamalov MMAga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi.
Jamalovning so‘zlariga ko‘ra, taniqli menejer Ali Abdel-Aziz unga bir necha bor faoliyatini MMAda, xususan UFC'da davom ettirish taklifini bergan. Shunday bo‘lsa-da, Razambek bu taklifga aniq javob bermaganini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, Ali Abdel-Aziz UFC bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga ega menejer bo‘lib, Xabib Nurmagomedov, Islam Maxachev, Kamaru Usman singari taniqli UFC jangchilarining menejeri hisoblanadi.