Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ravshan Ermatov: «Chiroyli o‘yinlarimiz orqali pley-offga chiqishimizga ishonaman»

Ravshan Ermatov: «Chiroyli o‘yinlarimiz orqali pley-offga chiqishimizga ishonaman»

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov qur’a tashlash marosimidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Juda hayajonli qur’a marosimi bo‘lib o‘tdi. Bizga Portugaliya, Kolumbiya va pley-offdan chiqadigan (Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR) terma jamoalar tushdi. Jahon chempionati biz uchun birinchi tajriba. Ishonamizki, jamoamiz Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, o‘z o‘yinlari bilan xalqimizni xursand qiladi va chiroyli o‘yinlarimiz orqali pley-offga chiqish vazifasini uddalaymiz.

Albatta, JChda uchrashuvlar bir-biridan qiziq bo‘ladi. Oson bahslarning o‘zi bo‘lmaydi. Shunga yarasha puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Eng muhimi, muxlislarimiz JChda zavqlanib, ular butun umrga eslab qoladigan O‘zbekiston uchun birinchi chempionati bo‘ladi", — dedi Ermatov.

Kiritildi: Bugun 09:36. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!