Balki bozor faoliyati optimallashtirilmoqda — tartib o‘rnatish, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida joriy etiladigan raqamlashtirilgan tizim soliq to‘lovlarining shaffofligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Ya’ni bozor xalqaro va zamonaviy shahar standartlariga mos holga keltirilmoqda. Barcha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, savdo faoliyati to‘xtatilmagan.