Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rasman: O‘zbekistonlik himoyachi Rossiya klubiga ko‘chib o‘tdi

Rasman: O‘zbekistonlik himoyachi Rossiya klubiga ko‘chib o‘tdi

"Andijon" klubining 23 yoshli qanot himoyachisi Mahmud Maxamadjonov Rossiya Premyer-ligasi ishtirokchisi — Maxachqalaning "Dinamo" klubiga transfer qilindi.

Futbolchining transfer qiymati 250 ming dollarga baholangan.

Mahmud Maxamadjonov "Andijon" safiga joriy yil boshida qo‘shilgan edi. U jamoa tarkibida Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘zbekiston Kubogida esa himoyachi 3 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta assist qayd etdi.

Shu tariqa, Maxamadjonov "burgutlar" safida barcha musobaqalar doirasida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

"Andijon" klubi futbolchiga jamoa safidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Premyer-ligasidagi yangi bosqichida omad va muvaffaqiyat tiladi.

Kiritildi: 23:09 01.09.2026. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!