«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida «At-Taavun» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘zining yangi rekordi haqida fikr bildirdi.
41 yoshli portugaliyalik futbolchi 50-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi. Shu tariqa Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida «An-Nasr» safidagi gollari sonini 104 taga yetkazib, klub rekordini yangiladi.
«Men juda-juda xursandman. Bu ajoyib natija, ammo bu faqat mening xizmatim emas. Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildirishim kerak, chunki ularsiz bunday natijaga erishish imkonsiz bo‘lardi.
Shuningdek, muxlislarimiz uchun ham xursandman. Ular meni doimo qo‘llab-quvvatlaydi va bu menga faxr bag‘ishlaydi. Barchaga rahmat», — dedi Ronaldu.
«Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatining dastlabki to‘rt turida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.