Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin Ukraina urushidagi mag‘lubiyat o‘z hayotiga xavf solishidan xavotirda

Putin Ukraina urushidagi mag‘lubiyat o‘z hayotiga xavf solishidan xavotirda

Putin Ukraina urushidagi mag‘lubiyat o‘z hayotiga xavf solishidan xavotirda — The Economist.

Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda harbiy keskinlik darajasini yanada oshirish yo‘lini tanlagan. Rossiya rahbari frontga qo‘shimcha bir necha yuz ming rossiyalikni yuborishga tayyorlanmoqda. The Economist nashrining Kremldagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Putin mag‘lubiyat uning hayotiga xavf solishidan xavotirda.

"Mag‘lubiyatga uchrasak, ular meni osib qo‘yishadi", — degan prezident Putin o‘z ichki doirasidagi uchrashuvlardan birida.

Nashr manbasiga ko‘ra, Putin urushni hozirgi sur’atda davom ettirishdan manfaatdor emas. Chunki Rossiya armiyasi bir necha yildan beri frontda hal qiluvchi yutuqqa, boshqacha aytganda, burilish nuqtasiga erisha olmayapti.

"Inersiyaga asoslangan ssenariylar Kreml uchun manfaatli emas. Bunday yondashuv iqtisodiy resurslar va siyosiy kapitalning keskin sarflanishiga olib kelmoqda", — dedi Rossiya siyosiy elitasi a’zolaridan biri.

The Economist manbalari, shuningdek, Rossiya frontga qo‘shimcha 300–400 ming harbiyni yuborishi mumkinligini ta’kidlagan. E’tiborlisi, buning uchun yangi safarbarlik e’lon qilish shart emas. Chunki 2022 yil kuzida e’lon qilingan safarbarlik to‘g‘risidagi farmon hanuz o‘z kuchini yo‘qotmagan.

Nashrning o‘z manabalariga tayanib yozishicha, Rossiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga qarshi gibrid amaliyotlarni jadallashtirish orqali harbiy keskinlik darajasini yanada kuchaytirishi mumkin. Xuddi shu vaqtda G‘arb maxsus xizmatlari Rossiya Yevropaning Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgan zavodlariga hujumlar uyushtirishidan xavotir bildirmoqda.

Bundan tashqari, Putin uning siyosatiga qarshi chiqayotganlarga nisbatan bosimlarni kuchaytirishini aytgan. Bunga asosiy sabab sifatida muxolif kayfiyatdagi aholi prezident hokimiyati uchun bevosita xavf hisoblanishi emas, balki u o‘zining kuchli ekanini namoyish etishi zarurligi ko‘rsatilgan. Gazeta suhbatdoshlardan biri Putin AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktorining Moskvaga tashrifini ham zaiflik sifatida qabul qilganini aytgan.

Kiritildi: 21:20 01.09.2026. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!