O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Serbiya chempionatida davom ettiradi.
30 yoshli futbolchi "Radnik Surdulisa" bilan shartnoma imzoladi. Transfer haqida serbiyalik klub o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali ma’lum qildi.
Shukurovning so‘nggi klubi BAAning "Baniyas" jamoasi edi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yevropa futboliga qaytib, Serbiya Superligasida to‘p suradi.
"Radnik Surdulisa" ayni paytda chempionatda 14 ochko to‘plab, 7-o‘rinda bormoqda. Turnir jadvalida "Srvena Zvezda" 28 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.