Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Rasman. "Siti" futbolchisi La Ligaga o‘tdi

Rasman. "Siti" futbolchisi La Ligaga o‘tdi

"Jirona" klubi rasmiy saytida 20 yoshli yarim himoyachi Klaudio Echeverri "Manchester Siti"dan joriy mavsum yakuniga qadar ijara asosida transfer qilinganini e’lon qildi.

Argentinalik xavbek mavsumning birinchi qismini Leverkuzenning "Bayer" klubida ijarada o‘tkazdi. Echeverri Germaniya chempionati va Chempionlar ligasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yarim himoyachining huquqi 2024 yilning yanvaridan beri "Manchester Siti"ga tegishli. "Shaharliklar" safida Echeverry uchta o‘yinda maydonga tushib, gol urgan. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 15 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:40 18.01.2026. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!