Franko Mastantuono faoliyatini «Real»da davom ettiradi.
Argentinalik 17 yoshli vinger Madrid klubi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi. Futbolchining transferi 45 mln yevroni tashkil etdi.
Mastantuono klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga hozirgi jamoasi «River Pleyt» bilan boradi. U «Real»ga 15 avgust kuni — 18 yoshga to‘lganidan bir kun o‘tib qo‘shiladi.