Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Rasman. «Manchester Siti» 75 million yevrolik transferni e’lon qildi

Rasman. «Manchester Siti» 75 million yevrolik transferni e’lon qildi

"Manchester Siti" o‘zining rasmiy saytida "Bornmut" vingeri Antuan Semenyo transferini e’lon qildi. Tomonlar besh yarim yillik shartnoma imzoladi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 75 mln yevroni (65 mln funt) tashkil qilgan. Ganalik vinger "shaharliklar" safiga o‘tish uchun APLning to‘rtta klubiga ("Chelsi", "Tottenxem", "Liverpul" va "Manchester Yunayted") rad javobini berdi. Transferda futbolchining ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p tepish istagi asosiy rol o‘ynadi.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Antuan Semenyo 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 14:13 09.01.2026. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!