Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Rasman. Florentino Peres «Real» prezidenti etib qayta saylandi

Rasman. Florentino Peres «Real» prezidenti etib qayta saylandi

79 yoshli funksioner Florentino Peres Madridning «Real» klubi prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozondi. Bu haqda Carrusel Deportivo YouTube kanali efirida ma’lum qilindi.

Peres saylovda ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelmeni ortda qoldirdi va klubni 2030 yilgacha boshqarishda davom etadi. U mazkur lavozimni ketma-ket sakkizinchi marta egallamoqda.

Avvalroq Peres saylovda g‘alaba qozonsa, jamoa bosh murabbiyligiga Joze Mourinyu tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, qayta saylangan prezident «Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate va «Inter» futbolchisi Denzel Dumfris bilan shartnoma imzolanganini ham ma’lum qilgan.

Yakunlangan Ispaniya chempionati mavsumida «Real» ikkinchi o‘rinni egalladi. Madridliklar chempion bo‘lgan «Barselona»dan 8 ochko ortda qoldi.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!