AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi siyosiy vaziyat haqida keskin bayonot berdi.
«Mening ma’muriyatim davrida Amerikaga shafqatsizlarcha hujum qilgan bir vaqtlar qo‘rqinchli va qudratli rejim nihoyat ag‘darildi. Uning sobiq rahbarlari hokimiyatdan ketdi va endi mamlakatni ichki bo‘linishlarga duch kelgan gey diktator boshqarmoqda», — dedi Tramp.
Uning mazkur bayonoti Erondagi hokimiyat va mamlakatdagi siyosiy vaziyatga nisbatan bildirilgan navbatdagi tanqidiy fikrlardan biri sifatida baholanmoqda. Hozircha Trampning ushbu so‘zlariga Eron rasmiylari tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan.