Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mourinyo «Real» himoyachisiga eshikni ko‘rsatdi

Mourinyo «Real» himoyachisiga eshikni ko‘rsatdi

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning rejalariga kiritilmagan.

Portugaliyalik mutaxassis 23 yoshli futbolchining o‘ziga murojaat qilib, unga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan, deb xabar beradi jurnalist Alberto Pereyro. Ispaniyalik himoyachi klubni tark etishni istamagan edi, ammo, katta ehtimol bilan, yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar jamoadan ketishga majbur bo‘ladi.

O‘tgan yilning iyun oyida Raul Asensio «Real» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda, unga «Galatasaroy» va «Lasio» klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Kiritildi: 14:26 22.07.2026. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!