Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

«Qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘l yo‘q»: Mojtaba Xamenei «Hizbulloh»ga maktub yo‘lladi

«Qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘l yo‘q»: Mojtaba Xamenei «Hizbulloh»ga maktub yo‘lladi

AQSh va Isroil hujumlari sababli Yaqin Sharq aholisi uchun qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘l qolmayapti.

Bu haqda Eron oliy rahbari Mojtaba Xameneining Livandagi «Hizbulloh» guruhiga yo‘llagan maktubida aytiladi.

«Livanning «Hizbulloh» tashkiloti bukchaymas qoyadek Isroil va uning homiylari hujumlariga qarshi turmoqda», — deb yozdi Xamenei.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Hizbulloh»ni himoya qilish Eronning strategik siyosati sifatida belgilangan.

«Livanning hududiy yaxlitligini saqlab qalish va Isroil tajovuzini butunlay bartaraf etish AQSh bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumining birinchi shartidir», — deya ko‘rsatib o‘tdi Eron oliy rahbari.

Kiritildi: 23:50 26.07.2026. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!