Rossiya floti qaroqchilikka qarshi kurashishi kerak. Kemani egallab olishga urinish bo‘lgan taqdirda esa ehtiyotkorlik bilan, ammo qat’iy harakat qilishi lozim — Vladimir Putin.
Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Biznikidek muzyorar flot hech kimda yo‘q, atom muzyorar kemalari esa dunyoda bizdan boshqalarda umuman yo‘q;
◾️ Rossiya chegaralarining 60 foizi suv havzalari, dengizlar va okeanlar orqali o‘tgan. Harbiy flot yadroviy triadada muhim ahamiyat kasb etadi;
◾️ Biz Arktikada o‘zimizni juda xotirjam va ishonchli his qilyapmiz. Chunki xalqaro huquq biz tomonda va o‘z manfaatlarimizni himoya qilish imkoniyatiga egamiz;
◾️ Rossiya “Poseydon” quroli ustidagi ishlarni yakunlash va uni jangovar navbatchilikka qo‘yish sari harakat qilmoqda;
◾️ Moskva ixtiyorida zamonaviy qurollar bilan jihozlangan kichik kemalar paydo bo‘lmoqda. Shuningdek, bizda suvosti va suvusti dronlari ham paydo bo‘lmoqda, ular jangovar harakatlar hududida samarali ishlatilmoqda;
◾️ Dunyoda “Sirkon” raketalari kabi qurolga ega bo‘lgan davlatlar ko‘p emas. Rossiya esa uni takomillashtirmoqda va bundan keyin ham shunday qilishda davom etadi.