Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Ukraina Rossiyaga havo makonidagi sulhni taklif qilmoqchi — Reuters

AQSh va Ukraina Rossiyaga havo makonidagi sulhni taklif qilmoqchi — Reuters


Agentlik manbalariga ko‘ra, Ukraina va AQSh rasmiylari urushni to‘xtatish bo‘yicha tinchlik tashabbuslarining yangi bosqichi doirasida Rossiyaga taqdim etilishi rejalashtirilayotgan havodagi sulh taklifini muhokama qilgan.

Reuters suhbatdoshi Kiyev avval ham Vladimir Putinga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar bilan murojaat qilgani, biroq takliflar rad etilganini ta’kidlagan. Biroq, ba’zi rasmiylar Ukrainaning so‘nggi oylardagi hujumlari tufayli Rossiya iqtisodiyotiga tushayotgan bosim Putinning pozisiyasini yumshatishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Mazkur xabar Ukraina prezidenti Zelenskiyning Vashingtonga 28 iyulga belgilangan tashrifi arafasida chiqmoqda. Ushbu tashrif davomida Ukraina yetakchisi 11 iyul kuni vafot etgan amerikalik senator Lindsi Grem xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etishi va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning so‘nggi bosqichi 2026 yil fevral oyida – Yaqin Sharqda yangi urush boshlanishidan biroz oldin bo‘lib o‘tgandi. Shundan so‘ng Rossiya bir necha bor AQSh muzokaralarda vositachilikka qaytishiga umid bildirdi.

Shu bilan birga, Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga raketalar va dronlar bilan zarba berishda davom etmoqda. Ukraina esa neftni qayta ishlash zavodlarini o‘qqa tutib, mamlakatda yoqilg‘i inqirozini keltirib chiqardi, so‘nggi bir haftadan ortiq vaqt mobaynida esa Rossiya hududlaridagi Wildberries omborlari ukrain dronlari nishoniga aylandi.

Kiritildi: Bugun 21:01. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!