Rafinya Dias "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Kataloniya klubi 28 yoshli vinger bilan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. U 2028 yilgacha xizmat qilish uchun mo‘ljallangan.
Braziliyalik futbolchi bu mavsumda klub va terma jamoa safida jami 38 ta gol urdi. Shuningdek, u 62 o‘yinda 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan.