Sultonov Ayubxon Orifxon o‘g‘li Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ayubxon Sultonov Buyuk Britaniyadagi Cardiff Metropolitan University‘da tahsil olgan.
U mehnat faoliyati davomida Raqamli texnologiyalar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamentida ham faoliyat yuritgan.