“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ–108, 18.03.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024 yil 6 noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.