Klaudio Ranyeridan Artyom Dovbikning mushak jarohati fonida Eldor Shomurodovning o‘sishi haqida so‘raldi.
O‘zbekistonlik hujumchi yanvar oyida poytaxtdan ketishi to‘g‘risida doimiy mish-mishlar bo‘lishiga qaramay, zaxiradan chiqib ishonchli o‘yinchi sifatida barchani hayratga soldi.
Shomurodov jamoasining ikkinchi golini urgan Monsaga qarshi g‘alabadan so‘ng, Raneridan endi uni asosiy hujumchi deb hisoblaydimi-yo‘qmi, deb so‘rashdi.
"Bu yigitlardan birortasini o‘ynatish haqida hech qachon salbiy fikrda bo‘lmaganman. Ularning har biri ishtirok etishni xohlaydi," deya javob berdi u.
"Tanlov qilish qiyin, lekin xato qilsam ham, bu kichik xato bo‘ladi, chunki hamma yaxshi mashq qiladi," deya qo‘shimcha qildi u.
"Natija insonga va uning irodasiga bog‘liq. Bu yerda hamma mashq qiladi va doimo 100 foiz kuch bilan harakat qiladi."