"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri A Seriya 35-turidan o‘rin olgan "Fiorentina"ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etib, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida gapirdi.
"Dovbik va Shomurodov birga o‘ynashlari mumkin. Ular bir-biriga juda ko‘p yordam berishadi.
Shomurodov allaqachon o‘zining muhim o‘yinchi ekanligini ko‘rsatdi. U soatiga 100 mil tezlikda borini beradi, buni tushunish menga qoladi. Men uni shuning uchun yaxshi ko‘raman, u oltin bola, o‘zini ayamaydi. Qisqasi, u maydonda bor kuch-g‘ayratini sarf etadi", — deya Raniyerining so‘zlaridan keltiradi Roma Press.