Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti» sobiq futbolchisi Abduqodir Husanov haqida iliq fikr bildirdi

«Manchester Siti» sobiq futbolchisi Abduqodir Husanov haqida iliq fikr bildirdi

«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi va hozirgi futbol tahlilchisi Richard Dann Pep Gvardiola jamoasidagi markaziy himoyachilar haqida o‘z fikrini bildirdi.

Joriy yilning yanvar oyida «shaharliklar» himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida Abduqodir Husanov va Vitor Reysni o‘z saflariga qo‘shib olishgan edi. Ularning yonidan Ruben Diash, Yoshko Gvardiol, Manuel Akanji, Natan Ake va Jon Stouns kabi markaziy himoyachilar ham jamoa safida harakat qilmoqda. Ammo oxirgi ikki futbolchi — Ake va Stouns hozirda jarohatdan tiklanmoqda va umumiy hisobda 29 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishdi.

Yaqin vaqtgacha Akanji ham yelka muskullari bilan bog‘liq muammolar tufayli ikki oyga safdan chiqqan edi. Shu bilan birga, Diash, Ake va Akandji 2027 yilda erkin agent sifatida klubni tark etishlari mumkin, Stounsning shartnomasi esa keyingi mavsum yakunlanadi.

Richard Dann Gvardiolaning yosh va tajribali himoyachilarni birgalikda ushlab turish kerakligi haqidagi fikriga qo‘shildi:

«Yosh markaziy himoyachilar juda yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin tajriba har doim kerak»,— dedi u. «Menimcha, Husanov “Manchester”ga o‘tganidan beri haqiqatan ham o‘zini ko‘rsata boshladi. Reysni kamroq ko‘rdik, lekin u ham yaxshi taassurot qoldirmoqda. Muammo shundaki, klubda juda ko‘p futbolchilar bor va ulardan osonlik bilan voz kechish yoki ularni tezda almashtirish mumkin emas.

Agar Stouns va Akanji sog‘lom holatga qaytsa, ularning qay darajada yaxshi ekanligini ko‘rasiz. Hamma biladi — ulardan yaxshiroq himoyachilar juda kam. Shuning uchun son jihatidan oladigan bo‘lsak, besh nafar markaziy himoyachi va ikki yosh himoyachiga ega bo‘lish — juda to‘g‘ri yondashuv», — dedi Dann.

Kiritildi: 02:27 30.04.2025. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!