Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Ramzan Qodirovning buyraklari ishdan chiqqan

Ramzan Qodirovning buyraklari ishdan chiqqan

Ramzan Qodirovning buyraklari ishdan chiqqan, Kreml Chechenistonga yangi rahbar qidirmoqd.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida “Ukrinform” va “RBK-Ukraina” axborot agentliklari Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasidagi (GUR) manbalariga tayanib yozmoqda. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Checheniston rahbarining salomatligi yomonlashgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Nashrlar manbalariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari Qodirovning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan ehtimoliy nomzodlarni muhokama qilmoqda. Kreml uchun eng qulay nomzodlar sifatida Magomed Daudov, Apti Alauddinov va Ramzan Qodirovning katta o‘g‘li Ahmad Qodirov nomlari tilga olinmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:35. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!