Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ramzan Qodirov yana Checheniston rahbarligi uchun nomzod etib ko‘rsatildi

Ramzan Qodirov yana Checheniston rahbarligi uchun nomzod etib ko‘rsatildi


Rossiyaning “Yagona Rossiya” partiyasi Checheniston Respublikasi rahbari lavozimiga yana Ramzan Qodirov nomzodini ilgari surgan. Qaror partiyaning Grozniydagi mintaqaviy bo‘limi konferensiyasida delegatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilingani ma’lum qilingan.

Ramzan Qodirov 2007 yildan buyon Chechenistonni boshqarib kelmoqda. U 2016 va 2021 yillarda ham qayta saylangan. Navbatdagi saylovlar joriy yilning 20 sentyabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:41 06.07.2026. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!