Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ramazon Temirov UFC reytingida Top-15`ga kirib oldi

A A A
Ramazon Temirov UFC reytingida Top-15`ga kirib oldi

Bugun barcha vazn toifalarida yangilangan UFC reytingi e’lon qilindi.

Kutilganidek, hamyurtimiz Ramazon Temirov ketma-ket ikkinchi g‘alabasi evaziga yangilangan reytingda Top-15`da debyut qildi. U 13-o‘rinda qayd etildi. Aralash yakkakurash ustamizga imkoniyatni boy bergan amerikalik Charlz Jonson 12-o‘rindan 15-pog‘onaga pastladi.

Ramazon Temirov g‘alaba qozongan oqshomning markaziy jangida yutqazgan qozog‘istonlik Asu Almabayev bir pog‘onaga pastlab, 9-o‘ringa joylashdi. O‘ta yengil vazn toifasida Aleksandr Pantoja chempion, Brendon Royval esa reytingning birinchi pog‘onasini band etgan.

Ramazon Temirov UFC reytingida Top-15`ga kirib oldi

Kiritildi: 14:00 04.03.2025. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!