Qirg‘izistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi. Ushbu qaror Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar muftiylarining fatvo chiqarish bo‘yicha yig‘ilishida qabul qilingan. Mazkur Fatvo hay’atiga TDTga a’zo mamlakatlar: Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va kuzatuvchi davlatlar — Turkmaniston hamda Vengriya rasmiy musulmon diniy idoralari vakillari kiradi.