Shimoliy Koreya yadroviy davlat bo‘lib qolishini va yadrosizlanish masalasi hal qilinganini e’lon qildi.
Bu haqda Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qildi.
Vazirlik Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari tomonidan aytilgan ayblovlar Shimoliy Koreyaning yadroviy davlat sifatidagi maqomiga ta’sir qila olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u Pxenyan AQShning Janubiy Koreya va Yaponiya bilan harbiy hamkorligi doirasida xavfsizlik choralarini kuchaytirishini, jumladan, yadroviy simulyasiya mashqlarini amalga oshirishini ta’kidladi.
Avvalroq, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim direktori o‘rinbosari Kim YO-Jong mamlakat yadroviy qurolsizlanish masalasida murosaga kelmasligini va kuchlar muvozanatining buzilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan edi.