Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Trampning tinchlik kelishuvi haqidagi e’loniga munosabat bildirdi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Trampning tinchlik kelishuvi haqidagi e’loniga munosabat bildirdi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) AQSh prezidenti Donald Trampning yakshanba kuni Eron bilan kelishuvni imzolashdagi g‘ayrioddiy talabini tanqid qildi.

Bu haqda IIQK bayonot tarqatdi.

Bayonotda Trampning talabi savollar tug‘dirayotgani ta’kidlanadi, chunki Eron muzokarachilari ilgari memorandum yakunlanmaganini va yaqin kunlarda imzolanishi rejalashtirilmaganligini aytishgan edi.

IIQK Trampning shoshqaloqligini AQSh rahbari Eron bilan imzolash marosimini 14 iyun, o‘zining tug‘ilgan kuniga rejalashtirganini aytish bilan izohladi.

“Ba’zi kuzatuvchilarning fikricha, uning talabi voqeadan ramziy ravishda foydalanish va uni shaxsiy PRharakatiga aylantirish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Donald Tramp 14 iyun kuni Eron va AQSh o‘rtasida kelishuvni imzolash rejalashtirilganini e’lon qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:21. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!