Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Qariya Levandovski yangi klubida “dahshat” maosh oladi

Qariya Levandovski yangi klubida “dahshat” maosh oladi

“Barselona”da bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgach, hamkorlikni to‘xtatgan 37 yoshli Robert Levandovski faoliyatini AQShda davom ettiradigan bo‘ldi.

Polshalik hujumchi “Chikago Fayr” klubi bilan 2028 yilgacha bo‘lgan shartnoma imzolaydi. Bitim yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.

Bu haqda Sport.es sayti Polshaning Prawda Futbolu portaliga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi yiliga 15 million yevro kafolatlangan maosh oladi. Bundan tashqari, sport natijalariga qarab yana 5 million yevro bonus ishlab topishi mumkin.

Levandovskining yaqinlari “Chikago Fayr”ning qat’iyatidan hayratlangan. Klub futbolchi va uning oilasi uchun to‘liq hayot rejasini taqdim etgan.

Jamoa yashash joyi va farzandlari uchun maktab masalalarini ham hal qilib beradi. Amerika klubining taklifi futbolchini Saudiya Arabistonidan kelgan variantlarni rad etishga ko‘ndirgan.

Kiritildi: Bugun 19:57. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!