Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ramazon 2023: Dunyo bo‘ylab ro‘za tutish vaqtlari haqida bilasizmi?

Ramazon 2023: Dunyo bo‘ylab ro‘za tutish vaqtlari haqida bilasizmi?

23 mart kuni musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boshlanadi. Tong otishidan quyosh botishigacha bo‘lgan ro‘za yashash manziliga qarab 12 dan 18 soatgacha davom etadi. Islom arkonlariga ko‘ra, ro‘zador kishi kunduzi ovqatlanish, ichish, chekish va jinsiy yaqinlikdan saqlanishi lozim.

Ro‘za tutish soatlarining miqdori butun dunyo bo‘ylab farq qiladi.

Chili yoki Yangi Zelandiya kabi dunyoning eng janubiy mamlakatlarida yashovchi musulmonlar bu yil o‘rtacha 12 soat, Islandiya yoki Grenlandiya kabi shimoliy mamlakatlarda yashovchilar esa 17 soatdan ortiq ro‘za tutishadi.

Shimoliy yarimsharda yashovchi musulmonlar uchun bu yil ro‘za tutish soatlari biroz qisqaradi va 2031 yilgacha, ya’ni Ramazon eng qisqa kunni qamrab olgunga qadar kamayib boradi. Ekvatordan janubda yashovchi musulmonlar uchun esa buning aksi bo‘ladi.

20 apreldan 22 avgustgacha quyosh botmaydigan Norvegiyaning Longyir kabi shimoliy shaharlarda Makka, Saudiya Arabistoni yoki eng yaqin musulmon mamlakati vaqti bo‘yicha ro‘za tutiladi.

Quyida dunyo shaharlarida ro‘za tutish soatlarining o‘rtacha miqdori keltirilgan. Haqiqiy miqdori hisoblash usullariga qarab o‘zgarib turadi.

Qaysi shaharlarda ro‘za tutish vaqti eng uzun?

– Nuuk, Grenlandiya: 17 soat

– Reykyavik, Islandiya: 17 soat

– Helsinki, Finlyandiya: 17 soat

– Stokholm, Shvesiya: 17 soat

– Glazgo, Shotlandiya: 17 soat

– Amsterdam, Niderlandiya: 16 soat

– Varshava, Polsha: 16 soat

– London, Buyuk Britaniya: 16 soat

– Ostona, Qozog‘iston: 16 soat

– Bryussel, Belgiya: 16 soat

– Parij, Fransiya: 15 soat

– Syurix, Shveysariya: 15 soat

– Buxarest, Ruminiya: 15 soat

- Ottava, Kanada: 15 soat

– Sofiya, Bolgariya: 15 soat

– Rim, Italiya: 15 soat

– Madrid, Ispaniya: 15 soat

– Sarayevo, Bosniya va Gersegovina: 15 soat

– Lissabon, Portugaliya: 14 soat

– Afina, Gresiya: 14 soat

– Pekin, Xitoy: 14 soat

– Vashington, AQSH: 14 soat

– Pxenyan, Shimoliy Koreya: 14 soat

– Anqara, Turkiya: 14 soat

– Rabot, Marokash: 14 soat

– Tokio, Yaponiya: 14 soat

Islomobod, Pokiston: 14 soat

– Kobul, Afg‘oniston: 14 soat

– Tehron, Eron: 14 soat

– Bag‘dod, Iroq: 14 soat

– Bayrut, Livan: 14 soat

– Damashq, Suriya: 14 soat

– Qohira, Misr: 14 soat

– Quddus: 14 soat

– Kuvayt, Kuvayt: 14 soat

– G‘azo, Falastin: 14 soat

– Dehli, Hindiston: 14 soat

– Honkong: 14 soat

– Dakka, Bangladesh: 14 soat

– Maskat, Ummon: 14 soat

– Ar-Riyoz, Saudiya Arabistoni: 14 soat

– Doha, Qatar: 14 soat

– Dubay, BAA: 14 soat

– Adan, Yaman: 14 soat

– Addis-Abeba, Efiopiya: 13 soat

– Dakar, Senegal: 13 soat

– Abuja, Nigeriya: 13 soat

– Kolombo, Shri-Lanka: 13 soat

– Bangkok, Tailand: 13 soat

– Xartum, Sudan: 13 soat

– Kuala-Lumpur, Malayziya: 13 soat

– Singapur: 13 soat

– Nayrobi, Keniya: 13 soat

– Luanda, Angola: 13 soat

– Jakarta, Indoneziya: 13 soat

– Brazilia, Braziliya: 13 soat

– Harare, Zimbabve: 13 soat

– Yohannesburg, Janubiy Afrika: 13 soat

– Buenos-Ayres, Argentina: 12 soat

– Syudad del Este, Paragvay: 12 soat

– Keyptaun, Janubiy Afrika: 12 soat

– Montevideo, Urugvay: 12 soat

– Kanberra, Avstraliya: 12 soat

– Puerto Mont, Chili: 12 soat

– Krayscherch, Yangi Zelandiya: 12 soat

Kiritildi: 00:00 23.03.2023. O'qildi: 16660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!