Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Rahmon vazirlarga raqamlashtirish natijalari uchun shaxsiy javobgarlik yukladi

Rahmon vazirlarga raqamlashtirish natijalari uchun shaxsiy javobgarlik yukladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda davlat xizmatlarini to‘liq elektron formatga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi.

Rejaga ko‘ra, davlat idoralari ko‘rsatayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich yagona elektron portal orqali taqdim etiladi. Shu bilan birga, mamlakatning chekka hududlarida internet sifati va qamrovini yaxshilash choralari ko‘riladi.

Bojxona sohasida ham raqamlashtirishni jadallashtirish belgilangan. Xususan, tizimni to‘liq qog‘ozsiz ishlash tartibiga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, aholining raqamli ko‘nikmalari va savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Emomali Rahmon raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilishi uchun vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsan javobgar bo‘lishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 15:31 19.08.2026. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!