Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rafinya “Barselona” rahbariyatiga shart qo‘ydi

Rafinya “Barselona” rahbariyatiga shart qo‘ydi

Kutilmaganda “Barselona” kiyinish xonasida ichki ziddiyat yuzaga keldi. El Nacional nashrining yozishicha, braziliyalik futbolchi Rafinya hozir diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Kataloniya klubi dastlab “Atletik” futbolchisi Niko Uilyamsni sotib olishni rejalashtirgan edi. Ammo Rafinya bunga keskin qarshi chiqdi. Manbada yozilishicha, u klub rahbariyatiga shart qo‘ygan: agar Niko transfer qilinsa, u jamoani tark etish masalasini jiddiy ko‘rib chiqadi.

Bu holatdan so‘ng “Barselona” sport direktori Uilyamsning vakillari bilan olib borilayotgan muzokaralarni muzlatib qo‘ydi.

Rafinyaning bunday qat’iy pozisiyasining sababi bor. U joriy mavsumda ajoyib natijalarni qayd etdi — 50 ta o‘yinda 30 ta gol va 23 ta golli uzatmani amalga oshirib, hozirda Yevropaning eng samarali futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Braziliyalik futbolchi pozisiyasidagi mavqeini saqlab qolishni istamoqda va yangi raqobatchining kelishini xohlamayapti.

Natijada, “Arsenal” va “Chelsi” qiziqayotgan Niko Uilyamsning “Kamp Nou”ga yo‘l olishi ehtimoli pasayib ketgan.

Kiritildi: 22:32 16.05.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!