Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rafael Nadal Messi va Tramp bilan birga AQShdagi biznes-forumda nutq so‘zlaydi

Rafael Nadal Messi va Tramp bilan birga AQShdagi biznes-forumda nutq so‘zlaydi

Ispaniyalik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi Rafael Nadal Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan America Business Forum (ABF) tadbirida spiker sifatida ishtirok etadi. Bu haqda forumning rasmiy sayti xabar berdi.

Forum 5–6 noyabr kunlari “Kaseyya Sentr” sport majmuasida o‘tkaziladi. Dasturda madaniyat, biznes va sport sohasidagi nufuzli shaxslarning chiqishlari rejalashtirilgan.

Nadal bilan bir qatorda AQSh prezidenti Donald Tramp, futbol yulduzi Lionel Messi, aktyor Uill Smit hamda FIFA prezidenti Janni Infantino kabi taniqli shaxslar ham taklif etilgan.

Rafael Nadal o‘z faoliyati davomida “Katta dubulg‘a” turnirlarida 22 marta g‘olib chiqqan hamda Olimpiada o‘yinlarida ikki bor (2008 va 2016 yillar) oltin medal qo‘lga kiritgan. U 2024 yilda professional tennisdagi faoliyatini yakunlagan edi.

Kiritildi: 11:01 24.10.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!