Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Quyoshdagi bo‘ronlar sayyorani internetsiz qoldirishi mumkin

Quyoshdagi bo‘ronlar sayyorani internetsiz qoldirishi mumkin

NASA mutaxassislari Quyosh faolligining kutilmagan o‘sishi natijasida nafaqat elektr tarmoqlarining shikastlanishi va sun’iy yo‘ldosh navigasiyasidagi uzilishlar, balki internet va GPS ishlashidagi nosozliklarni ham bashorat qilmoqda.

Bo‘ronlarning aniq vaqti va kuchini oldindan aytish qiyin, ammo ularning chastotasi katta ehtimol bilan yulduzimizning hozirgi o‘n bir yillik siklining eng yuqori cho‘qqisida oshadi. Bu cho‘qqi 2025-2026 yillarda kutilmoqda.

Zamonaviy asrda insoniyat internetning barqaror ishlashiga bog‘liq bo‘lgani sababli, olimlar sun’iy yo‘ldoshlar va suv osti kabellari uchun yangi himoya choralarini izlamoqda, shuningdek, tizimlarni favqulodda tiklash rejalarini ishlab chiqmoqda. Agar Wi-Fi to‘satdan provayder tufayli emas, balki Quyosh tufayli o‘chib qolsa, bu butun raqamli sivilizasiyaning naqadar mo‘rtligini eslatib qo‘yadi.

Kiritildi: 23:05 28.09.2025. O'qildi: 2383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!