“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Quyi Chirchiq tumanida “A. M.” MCHJga qarashli bino hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 105 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.