Eron bilan mojaro deyarli tugadi, ishlar rejadagidan 4–5 hafta oldinda, dedi Tramp.
AQSh prezidentining Eron atrofidagi vaziyat bo‘yicha asosiy bayonotlari:
▪️ AQSh Eron kemalarini qo‘lga olish o‘rniga ularni yo‘q qilmoqda va bu “yanada zavqliroq”.
▪️ Agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft yetkazib berish to‘xtatilsa, Eron 20 baravar ko‘proq zarar ko‘radi.
▪️ Birjada gaz narxi 90%, neft narxi esa 40% ga oshgani sababli AQSh Rossiya neftiga qo‘yilgan ayrim sanksiyalarni yumshatishi mumkin.
▪️Eronning yangi rahbari Mojtabo Xomanaiy AQSh talablariga javob bermasa, uni yo‘q qilish qo‘llab-quvvatlanadi, bu operasiyani Isroil o‘z zimmasiga oladi, deb ta’kidladi Tramp.