Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

“Quvonch yoshlari” ham stress chaqiradi (Stress haqida 5 ta fakt)

“Quvonch yoshlari” ham stress chaqiradi (Stress haqida 5 ta fakt)

1. “Stress” so‘zi inglizchadan olingan bo‘lib, “bosim” degan ma’noni anglatadi. Bu istiloxni fanga Uolter Kennon kiritgan.

2. Sut maxsulotlari tarkibidagi triktofan moddasi markaziy nerv sistemasini tinchlantiradi, kayfiyatni ko‘taradi, uyquni rivojlantiradi. Muzqaymoq va shokolad ham bunday paytlarda organizm uchun foydali stimulyator hisoblanadi.

3. Stressga sabab bo‘luvchi omillar qatoriga texnik gadjetlar (46%), musiqa (43%), spirtli ichimliklar (19 %), sport (12%) kiritiladi.

4. Stress faqat salbiy o‘rinlarda yuz ko‘rsatmaydi. To‘y, farzandli bo‘lish, yangi ishga kirish kabi yaxshi holatlar, shuningdek, navbatda turish, kutish kabi arzimas vaziyatlar xam stress chaqiruvchi omil sifatida aniqlangan. Biz ko‘p ishlatadigan “quvonch yoshlari” ham buning bir ko‘rinishi. Mashxur xind kinoyulduzi Raj Kapur mamlakat prezidenti tomonidan kinomatograflarning oliy mukofoti bilan taqdirlanganini eshitib, xushini yo‘qotgan. Ozgina vaqt o‘tib bu dunyodan ko‘z yumgan.

5. Stress avvalo immun tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, insonni kasalliklar va viruslarni yuqtirib olishga moyil qilib qo‘yadi. Stressdan xalos bo‘lish uchun me’yordan ortiq qabul qilingan dori-darmonlar buyrak va oshqozon faoliyatini buzadi.

Kiritildi: 17:02 05.08.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!