Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Quvayt harbiy-dengiz kuchlari Fors ko‘rfazida Eron kemasiga hujum qilgani haqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa davomida Eronning to‘rt nafar fuqarosi ham qo‘lga olingan.
Arakchining ta’kidlashicha, voqea Eronga qarshi harakatlar uchun AQSh tomonidan foydalaniladigan orol yaqinida yuz bergan. Vazir orolning nomini ochiqlamadi. Shuningdek, u bu kabi harakatlar noqonuniy ekanini va mintaqada keskinlik kuchayishiga xizmat qilishini bildirdi.
Eron TIV rahbari qo‘lga olingan fuqarolarni zudlik bilan ozod etishni talab qildi va Tehron tegishli choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi.