Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Quvada bayram arafasida mehribon amaki jiyanlari uchun 86 mln.so‘m aliment pullarini to‘lab berdi

Quvada  bayram arafasida mehribon amaki jiyanlari  uchun 86 mln.so‘m  aliment pullarini to‘lab berdi

Hayit bayramida Quvalik amaki o‘z jiyanlariga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida 86.056.000 so‘m aliment pullarini to‘lab berdi. Bu voqea, albatta, jamiyatimizdagi qarindoshlik va oilaviy munosabatlarning muhimligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Undan oldin,qarzdor ota uzoq yillar davomida Rossiyada ishlab, oilasini moddiy jihatdan ta’minlagan edi. Ammo, keyingi vaqtlarda ota o‘z vazifasini unutgan ko‘rinadi vaqt o‘tishi bilan aliment qarzdorligi ko‘paya bordi.

Byuroning Quva tuman bo‘limidavlat ijrochilari tomonidan yaqin qarindoshlari orasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida Quvalik amakisi jiyanlariga yordam berishga qaror qildi.

Amakining bu xayrli ishi nafaqat jiyanlari uchun, balki umumiy oila a’zolari uchun ham katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning bu harakati oilaviy bag‘rikenglik va bir-birini qo‘llab-quvvatlashning namunasi sifatida qabul qilindi.

Shu tariqa, aliment pullarining to‘lanishi bilan birga, oilaviy munosabatlar yanada mustahkamlandi. Hayit bayramidagi bu yaxshi amal har kim uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Kiritildi: 15:20 27.03.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!