Tumandagi Katta Oqmachit mahallasi raisi nizoli oilani yarashtirish chog‘ida ayolning telefon raqamini olib, keyin unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Rais ayolga Telegram orqali uyatsiz videolar jo‘natgan hamda jinsiy yaqinlik taklif etgan.
Mahalla raisi aybiga iqrorlik bildirmagan. U bu harakatlarni telefonidagi begona raqam kimligini bilish uchun turmush o‘rtog‘i sodir qilganini aytgan.