2026 yilda Ukraina harbiy ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun taxminan 8 milliard dollar mablag‘ yetishmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ni ichki resurslar — xarajatlarni tejash va byudjet mablag‘larini qayta taqsimlash orqali qoplashni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, yana qariyb 12 milliard dollar mablag‘ uchun qo‘shimcha manba zarur. Marchenkoning ta’kidlashicha, Yevropa komissiyasi joriy yilda tegishli moliyaviy vositalar mavjud emasligi sababli ushbu mablag‘ yetishmovchiligini qoplay olmaydi.
Avvalroq Ukraina hukumati 2026 yilda harbiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun umumiy ehtiyoj 27 milliard dollarga yetishmasligini bildirgan edi.
Ukraina Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil oxiriga kelib mamlakat davlat qarzi 226 milliard dollarga yetishi mumkin. 2027 yil davlat byudjeti loyihasida esa taxminan 37 milliard dollar miqdorida byudjet taqchilligi ko‘zda tutilgan.