O‘zbekiston Milliy terma jamoasi 6 oktyabr kuni o‘zining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.
Mazkur bahsda ishtirok etish uchun vakillarimiz bugun Koreyaga yo‘l oladi.
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro ushbu o‘rtoqlik o‘yini uchun 23 nafar futbolchini tanlab oldi.
Eron (3:1) va Suriyaga (4:1) qarshi o‘yinlar qaydnomasida bo‘lgan Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Jasur Jaloliddinov, Behruz O‘ktamov hamda Ruslanbek Jiyanov Koreyaga olib ketilmadi.
Koreyaga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov, Vladimir Nazarov, Edem Nemanov.
Himoyachilar: Abduqodir Husanov, Muhammadrasul Abdumajidov, Mahmudjon Mahamadjonov, Muhammad Hakimov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Behruzjon Karimov, Jahongir O‘rozov.
Yarim himoyachilar: Umarali Rahmonaliyev, Dostonbek Hamdamov, Akmal Mozgovoy, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Abbos Fayzullayev, Sherzod Esanov, Aziz Xolmurodov, Diyor Xolmatov.
Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Azizbek Amonov, Husayn Norchayev.