Prezident Donald Tramp bu haqda amerikalik generallar va admirallar bilan uchrashuvda aytdi.
Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Umid qilamizki, biz hech qachon yadroviy qurollarimizdan foydalanishga majbur bo‘lmaymiz;
◾️ Qo‘shma Shtatlar suv osti kemalari soni bo‘yicha Rossiya va Xitoydan 25 yil oldinda. Rossiya ikkinchi o‘rinda, Xitoy uchinchi o‘rinda, lekin ular bizga yetib olmoqda. Besh yil ichida Rossiya va Xitoy bu borada biz bilan tenglashadi;
◾️ Men 2026 yilda qurolli kuchlarimizga 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ sarflash majburiyatni o‘z zimmamga oldim, bu AQSh tarixidagi eng katta summa. Umid qilamanki, bu barchangizga yoqadi;
◾️ Biz shunchalik kuchlimizki, hech bir dushman bizga tahdid qila olmaydi. Biz shunchalik qudratlimizki, hech bir raqib bizni mag‘lub etish haqida o‘ylamaydi ham;
◾️ Bir necha hafta oldin Kanada bosh vaziri bilan “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini muhokama qilgandim va ularga Qo‘shma Shtatlarning bir qismi bo‘lish taklifini yana bir bor bildirgandim;
◾️ San-Fransisko, Chikago, Nyu-York va Los-Anjelesdagi jinoyatchilik masalasi albatta hal qilinadi. Men buni ham urush deb hisoblayman;
◾️ Bayden davrida AQSh Ukrainaga barcha qurollarini bergan, o‘zida hech narsa qoldirmagan;
◾️ Biz Putinni va Zelenksiyni bir joyga yig‘ib, natijaga erishishga majbur qilishimiz kerak. Buni amalga oshirishning yagona yo‘li kuchga tayanish, bosimni kuchaytirishdir.